1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda yangi turar joylarga faqat o‘zbekcha nomlar beriladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, yangi qurilish obyektlarining peshlavhalari, reklama va hujjatlari davlat tilida yoziladi.

O‘zbekistonda yangi turar joylarga faqat o‘zbekcha nomlar beriladi

O‘zbekistonda 2026-yildan boshlab yangi quriladigan turar joy majmualari va boshqa obyektlarga faqat davlat tilida nom beriladi. Bu tartib Vazirlar Mahkamasining joroy yilning 22-oktyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan.

 

Qarorga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan e’tiboran barcha turar joy loyihalari va qurilish obyektlarining nomlari, shuningdek, bino pasportlari, peshlavhalar, reklama va e’lonlar matnlari o‘zbek tilida, davlat tili me’yorlariga qat’iy rioya etilgan holda yozilishi shart bo‘ladi.

 

Shuningdek, qurilish jarayoniga oid barcha texnik, mualliflik va nazorat hujjatlari tegishli hududiy inspeksiyalarga davlat tili talablariga mos tarzda taqdim etilishi belgilandi.

 

Hujjatda, shuningdek, “E-XSUD” va ekologiya yo‘nalishidagi ruxsatnomalar tizimlarini Kadastr agentligining “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” hamda “Shaffof qurilish” platformasi bilan bog‘lash vazifasi yuklatilgan.

 

Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan sanadan uch oy o‘tib kuchga kiradi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика