O‘zbekistonda 2024 yil boshidan hozirgi kunga qadar 8 mingga yaqin yong‘in hodisalari sodir bo‘ldi. Bu haqida AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida FVV axborot xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Samandar Hikmatullayev maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, mazkur yong‘in hodisalari natijasida 91 nafar fuqaro jarohat olgan. Halok bo‘lganlarning soni esa 44 nafarni tashkil qilgan.
Maʼlumotga ko‘ra, 2022 yilda respublikada 10 260 ta yong‘in yuzaga kelgan. Natijada 170 nafar fuqaro jarohatlangan, 98 nafar fuqaro vafot etgan. 2023 yilda esa yong‘in hodisalari 10 204 tani tashkil qilgan. Jarohatlanganlar 172 nafarni, vafot etganlar esa 79 nafarni tashkil qilgan.


