1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda yil boshidan buyon qancha IIO xodimi vafot etgan?

Joriy yilning 10 oyi davomida 284 nafar xodim turli darajada tan jarohati olgani aytilmoqda.

O‘zbekistonda yil boshidan buyon qancha IIO xodimi vafot etgan?

 

Bugun AOKAda «IIV tizimida kadrlar siyosati, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va ularning natijadorligi, xodimlarning ijtimoiy himoyasi borasida shaffoflikni taʼminlanishi masalalari» mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

 

Unda IIV maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Hamza Maxsumov yil boshidan buyon vafot etgan xodimlar haqida maʼlumot berdi.

 

"Shu yilning 10 oyida 25 nafar IIO xodimi vafot etgan. Shundan 9 nafari yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘lgan bo‘lsa, qolgan 16 nafari xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda vafot etgan", — dedi polkovnik.

 

Bundan tashqari, joriy yilning 10 oyi davomida ichki ishlar organlarining 284 nafar xodimi turli darajada tan jarohati olib, aksariyati olgan tan jarohati oqibatida orttirilgan nogironlik holati yoki xizmatga yaroqsizligi sababli sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика