Kinoteatrlar Toshkent, Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlarida ochiladi. Bu 134 ta yangi ish o‘rni yaratish imkonini beradi.
Bundan tashqari, videokontentni ko‘rish bo‘yicha milliy striming-platforma yaratish loyihasi ishlab chiqiladi.
Madaniyat vazirligi va Yoshlar ishlari agentligiga DCP Digital Cinema Package) formatidagi video kontentni namoyish qilish uchun madaniyat markazlari, teatrlar va yoshlar saroylarini texnik uskunalar bilan jihozlash vazifasi topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning aprelida O‘zbekiston Prezidentining «Kino sanʼati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish to‘g‘risida»gi farmoni bilan kinoteatrlar tarmog‘ini rivojlantirish tartibi tasdiqlandi.


