1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda yong‘inlar soni 17 foizga oshdi — FVV

Favqulodda vaziyatlar vaziri yong‘in xavfsizligi bo‘yicha amalga oshirilgan tekshiruvlar va ko‘rilgan choralar haqida ma’lumot berdi.

O‘zbekistonda yong‘inlar soni 17 foizga oshdi — FVV

 

Favqulodda vaziyatlar vaziri Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekistonda yong‘inlardan muhofaza qilish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Qayd etilishicha, joriy yilda mamlakat bo‘yicha yong‘inlar soni o‘tgan yilga nisbatan 17 foizga oshgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ro‘yxatga olingan 323 ming 93 ta korxona va tashkilotning 79 ming 432 tasida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilgan. Tekshiruvlar davomida qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan 51 ming 824 nafar rahbar, mas’ul shaxs va fuqaroga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilgan.

 

Xususan, jami 31 milliard 803 million 458 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanilgan, 22 ming 642 ta inshootning faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. Shuningdek, yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan 112 ming 527 ta nosoz elektr uskunasi elektr tarmog‘idan uzilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика