1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda “Yosh vatanparvar” ko‘krak nishoni ta’sis etilad

Nishonni munosib ko'rilganlar bir qancha imtiyozlarga ega bo'ladi.

O‘zbekistonda “Yosh vatanparvar” ko‘krak nishoni ta’sis etilad

 

Mudofaa vazirligi “ ‘Yosh vatanparvar’ ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

 

Belgilanishicha:

  • ko‘krak nishoni idoraviy mukofot hisoblanib, har yili 30 iyun – “Yoshlar kuni”da g‘oliblarga tantanali ravishda topshiriladi;

 

  • ko‘krak nishoni bilan Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etiladigan musobaqa g‘olibi bo‘lgan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfida ta’lim olayotgan o‘quvchi o‘g‘il bolalar mudofaa vazirining buyrug‘i asosida mukofotlanadi;

  • ko‘krak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash bilan bog‘liq xarajatlar Mudofaa vazirligiga har yili ajratiladigan davlat byudjeti mablag‘lari doirasida, vazirlik byudjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

 

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga ikki yil mobaynida amal qiladigan quyidagi imtiyozlar beriladi:

 

  • harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli deb topilgan hamda chaqiruv muddatlarini kechiktirish va chaqiruvdan ozod etish huquqiga ega bo‘lmagan taqdirda, birinchi navbatda muddatli harbiy xizmatga chaqirish;

 

Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida qo‘shimcha ravishda 3 ball ko‘rinishida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика