2024-yil 1-apreldan yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori transport vositalari va tirkamalari uchun yig‘im to‘lanadi. Bu O‘zbekiston Respublikasining 886-sonli Qonunida belgilangan.
Unga ko‘ra, yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori transport vositalari va tirkamalari uchun tabaqalashtirilgan yillik 1,7-3,4 mln so‘m (BHMning 5-10 baravari) miqdorda “yo‘l yig‘imi” joriy etiladi.
Yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi huquqi uchun yig‘im O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan undirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Xalqaro tajribaga ko‘ra, ushbu amaliyot Avstraliya (4,5 tonnadan ortiq), Germaniya (12 tonnadan ortiq), Angliyada (3,5 tonnadan ortiq) joriy etilgan.


