1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonda “yuvenal adliya” tizimi joriy etilishi mumkin

Tizim bolalarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

O‘zbekistonda “yuvenal adliya” tizimi joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi yuvenal adliya tizimini joriy etish taklifi bilan chiqmoqda.

 

Yuvenal adliya 60 dan ortiq mamlakatda bolalar huquqbuzarligi bilan bog‘liq sud ishlarini ko‘rishda ishlaydi. Tizim bolalarning huquqlarini himoya qilish va ularga nisbatan huquqiy muomalani yaxshilashga qaratilgan.

 

“Xorijiy mamlakatlarda bu tizimning muvaffaqiyatli misolida Fransiya va Yaponiyani keltirish mumkin. Ular bolalar bilan bog‘liq ishlarda jinoiy jazo emas, balki qayta tarbiyalash va jamiyatga moslashtirishga urg‘u beradi. Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, bu yondashuv tufayli yoshlar orasidagi jinoyatchilik sezilarli darajada kamaygan. Bu tizimning asosiy maqsadi esa bolalarga nisbatan shafqatli bo‘lish va ularni jamiyatga foydali aʼzo qilib qaytarishdan iborat”, deyiladi partiya bayonotida.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика