1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O'zbekistonda yuz bergan yong'inlarning kelib chiqish sabablari ochiqlandi

Yong'inlarning 9 foizi bolalarning olov bilan o‘ynashi hamda 7 foizi chekib uxlab qolish oqibatida sodir bo'lgan.

O'zbekistonda yuz bergan yong'inlarning kelib chiqish sabablari ochiqlandi

 

AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida FVV rahbariyati va mutasaddilari aholi va hududlarni muhofaza qilish borasida olib borilayotgan ishlar tahlili haqida maʼlumot berdi.

 

Taʼkidlanishicha, amalga oshirilgan ishlar hamda profilaktik tadbirlarga qaramasdan 2023-yilning 6 oyi davomida respublikada 40 foiz elektr uskunalaridan noto‘g‘ri foydalanish, 23 foiz olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish hamda 14 foiz isitish pechlari va gaz uskunalarini o‘rnatish, ulardan foydalanishda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilmasligi oqibatida yong'inlar sodir bo'lgan.

 

Shuningdek, 9 foiz bolalarning olov bilan o‘ynashi oqibatida, 7 foiz chekib uxlab qolish, 5 foiz transport vositalaridan foydalanish va tuzilish qoidalarini buzilishidan, 2 foizi texnologik hodisalardan va texnologik jarayonning buzilishidan hamda boshqa sabablarga ko‘ra yong‘inlar sodir bo‘lgani ma'lum qilindi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика