1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistondagi liftlarning 78 foizi texnik sinovdan o‘tkazilmagan

Liftlarning 52 foizida texnik pasport yo‘q, 65 foizida esa texnik xizmat ko‘rsatuvchi mavjud emas.

O‘zbekistondagi liftlarning 78 foizi texnik sinovdan o‘tkazilmagan

So‘nggi ikki yil davomida respublikada o‘rnatilgan 11,4 mingta liftning 8,9 mingtasi (78 foiz) hali ham texnik sinovdan o‘tkazilmagan. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi axborot xizmati rahbari Raufjon Rasulov ma’lum qildi.

 

Shuningdek, liftlarning 6 mingtasida (52 foiz) texnik pasport mavjud emas, 7,4 mingtasiga esa (65 foiz) texnik xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot biriktirilmagan.

 

Lift xavfsizligini ta’minlash borasida xalqaro standartlarga mos ravishda butunlay yangi tizim joriy qilinmoqda. U Yevropa Ittifoqi va Turkiyaning ilg‘or tajribalariga asoslanib, liftlarning butun hayotiy tsikli — loyihalashdan tortib utilizatsiyaga qadar bo‘lgan bosqichlarda xavfsizlikni kafolatlashga qaratilgan.

 

Shu bilan birga, mamlakatdagi mavjud liftlarning texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi va servis xizmatlari samaradorligi past ekani qayd etildi. Shu sababli, Turkiya, Xitoy va BAA tajribasiga asoslangan yangi tizim joriy qilinmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика