1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistondan Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatildi

Qayd etilishicha, Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi ikki mamlakat o‘rtasidagi “Harakatlar rejasi” bo‘yicha kelishilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshira olmagan.

O‘zbekistondan Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatildi

 

 

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning xabar berishicha, O‘zbekistondan Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi.

 

Qayd etilishicha, Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi ikki mamlakat o‘rtasidagi “Harakatlar rejasi” bo‘yicha kelishilgan chora-tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshira olmagan. Shu sababli 1 fevraldan boshlab Afg‘onistonga temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi.

 

Xabarda maʼlum qilinishicha, o‘tgan yilning 26-30 dekabr kunlari Termiz shahrida o‘tkazilgan muzokaralar davomida 2023 yilning 1 fevraliga qadar Afg‘oniston hududidagi texnik ishlarni bosqichma-bosqich Afg‘on temir yo‘llari ishchilari tomonidan amalga oshirilishi bo‘yicha kelishilgan edi.

 

Shuningdek, “So‘g‘diyona Trans” SHK va Afg‘on temir yo‘l boshqarmasi o‘rtasida tomonlar bajaradigan ishlar ro‘yxati ham tasdiqlangan. Ikki tomon 27 yanvarga qadar yangi shartnoma imzolanishiga kelishib olgan hamda tegishli bayonnoma imzolangan.

 

Maʼlumot uchun, Afg‘onistondagi Hayraton–Mozori Sharif temir yo‘li 2010 yilda qurilgan. 2011 yildan boshlab Hayraton–Mozori Sharif temir yo‘lining barcha xizmatlari “So‘g‘diyona Trans” SHK tomonidan amalga oshirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика