Qirg‘iziston chegarachilari bojxonachilar bilan birgalikda 13-iyul kuni O‘zbekistonning Chon-Gara anklavidan Qirg‘izistonga yashirincha olib o‘tmoqchi bo‘lgan 7 tonna nosvoy ortilgan “Kamaz” avtomashinasini qo‘lga oldi, deya xabar bermoqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, Qadamjoy tumani Burgendu qishlog‘ida O‘zbekistondan Qirg‘izistonga 7 tonna nosvoy mahsulotlarini olib o‘tayotgan Qirg‘iziston fuqarosi ushlangan.
Aniqlanishicha, nosvoy Oʻzbekistondan Qirgʻizistonda keyinchalik sotish uchun nazorat-oʻtkazish punktlarini chetlab oʻtib, noqonuniy olib kelingani maʼlum boʻldi.


