“Toshkent–Almata” xalqaro yo‘lovchi poyezdi orqali chet elga chiqib ketayotgan yo‘lovchining yuklari “Keles” temir yo‘l chegara bojxona postida tekshiruvdan o‘tkazildi. Bojxona nazorati jarayonida yo‘lovchi yuklari orasidan 1 dona gilam aniqlanib, u vaqtincha saqlovga olingan. Holatga aniqlik kiritish maqsadida badiiy ekspertiza tayinlangan.
Madaniy meros agentligining xulosasiga ko‘ra, mazkur gilam badiiy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan madaniy boylik sifatida baholanib, uni O‘zbekiston hududidan olib chiqish mumkin emasligi aniqlangan.
Taxminiy qiymati 5 million so‘mlik gilam sudning qonuniy qarori qabul qilinmaguncha vaqtincha saqlanadi. Mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.


