Avvalroq “Vedomosti” nashri tomonidan O‘zbekiston Fuqaro aviatsiyasi agentligi (O‘zaviatsiya) Rossiya aviatsiya maʼmuriyatiga mamlakatlar o‘rtasidagi havo qatnovini ko‘paytirishni taklif qilgani haqida xabar qilingandi. Unga ko‘ra, oskva va Toshkent, shuningdek, Sankt-Peterburg va Toshkent o‘rtasidagi reyslar sonini oshirish rejalashtirilmoqda.
"O‘zbekiston havo yo‘llari milliy aviakompaniyasi poytaxtlar o‘rtasidagi haftalik reyslar sonini ikki barobarga oshirib, 25 tadan 50 taga yetkazmoqchi, Sankt-Peterburg va Toshkent o‘rtasidagi parvozlarni haftasiga 7 tadan 14 taga oshirish taklif etilmoqda", — deyiladi xabarda.
Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi ushbu holatga munosabat bildirib, mazkur xabarlar haqiqatga mos kelmasligini maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, “O‘zaviatsiya” agentligi Rossiya aviatsiya maʼmuriyatiga mamlakatlar o‘rtasidagi haftalik reyslar sonini ko‘paytirishni taklif qilgani haqida maʼlumotlar haqiqata to‘g‘ri kelmaydi.


