1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonga giyohvand moddalarini olib o'tuvchi tarmoq yo‘q qilindi

Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan maxsus operatsiya o'tkazildi.

O‘zbekistonga giyohvand moddalarini olib o'tuvchi tarmoq yo‘q qilindi

 

Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari xodimlari O‘zbekistonga giyohvand moddalarni olib o‘tish tarmog‘ini yo‘q qildi. Mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari xodimlari qish faslidan beri maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Qirg‘izistonning Aqsi va Olabuqa tumanlari orqali narkotik moddalar savdosini tashkil qilgan, muqaddam sudlangan To‘qto‘g‘ul tumanida tug‘ilgan, "Yovvoyi" laqabli fuqaro qo‘lga olindi. U uyushgan jinoiy giyohvandlik guruhi a’zosi sifatida Ichki ishlar vazirligining tezkor reyestrida turgan.

 

Operatsiya davomida 16 kilogrammdan ortiq gashish ham musodara qilindi.

 

Mazkur holat yuzasidan Qirg‘iziston Respublikasi Jinoyat kodeksining 282-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qo‘lga olingan shaxs vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика