1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonga jangovar o‘q-dorilarning noqonuniy olib kirilishi oldi olindi

O‘q-dorilar avtomashinaning zaxira g‘ildiragiga yashirib qo`yilgan

O‘zbekistonga jangovar o‘q-dorilarning noqonuniy olib kirilishi oldi olindi

 

Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmatining xabar berishicha, Buxoro viloyatida joylashgan “Olot-avtoyo‘l” xalqaro o‘tkazish punktida chegarachilar tomonidan O‘zbekistonga jangovar patronlarning noqonuniy olib kirilishining oldi olindi

 

Aniqlanishicha, O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi “DAF” yuk transport vositasi ko‘rikdan o‘tkazilganida, tirkamaga ortilgan jami 8 dona yengil avtomashinalar orasidan, davlat raqamisiz, rusumi Hyundai elantra bo‘lgan avtomashinaning orqa o‘rindig‘i va zaxira g‘ildiragi orasidan 1 dona karton qutida 43 dona jangovar patronlar yashirib qo‘yilganligi aniqlangan.

 

Hozirda, mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика