1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonga koronavirusning yangi shtammi kirib keldimi?

Sanepidqo‘mita holat bo‘yicha maʼlumot berdi.

O‘zbekistonga koronavirusning yangi shtammi kirib keldimi?

 

Ijtimoiy tarmoqlarda dunyoning qator davlatlarida koronavirusning "Pirola" nomli yangi shtammi keng tarqalayotgani, mazkur mutatsiya Isroil, Kanada, Daniya, Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika, Shvetsiya, Norvegiya, Shvetsariya, Tailand va AQSHda ro‘yxatga olingani haqida xabarlar tarqalmoqda. Holat yuzasidan Sanepidqo‘mita munosabat bildirdi.

 

Qayd etilishicha, hozirgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda va qo‘shni davlatlarda koronavirusning ushbu shtammi bilan kasallanganlar qayd etilmagan.

 

“O‘tkazilgan so‘ngi tahlillar natijasiga ko‘ra, mamlakatimizda kasallanganlarning 100 foizida "omikron" shtammining turli variantlari ekanligi aniqlangan.

 

Yuqoridagi maʼlumotlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q, mamlakatimizda epidemik vaziyat barqarorligicha saqlanmoqda”, — deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика