Maʼlum bo‘lishicha, aprel va may oyining dastlabki dekadasida pul o‘tkazmalari hajmining keskin oshganligi Rossiya va Qozog‘istonda ishlayotgan qirg‘izistonlik va tojikistonlik migrantlarning O‘zbekistonga pul yuborayotganligi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Xabarga ko‘ra, Qirg‘izistonda ham, Tojikistonda ham pul o‘tkazmalarining naqd dollarda olishga taqiq va cheklovlar mavjud. Qirg‘izistonda bu rasmiy taqiq xalqaro pul o‘tkazmalari jo‘natuvchi-mamlakat valyutasida beriladi, masalan, Rossiyadan kelgan o‘tkazma faqat rublda beriladi. Tojikistonda esa, garchi rasmiy taqiq bo‘lmasada pul o‘tkazmalarini somoniyda olish mumkin.
O‘tkazma oluvchilar bilan muloqotlar va maʼlumotlar tahlili O‘zbekistonga kelayotgan va dollarda olinayotgan o‘tkazmalarda aslida qirg‘izistonlik va tojikistonlik bo‘lgan benefitsiarlarning o‘rni oshayotganligini tasdiqlamoqda. Albatta, bu bo‘yicha kengroq axborot bazasi va kuzatuvlar talab etiladi
Qirg‘izistonlik va tojikistonlik migrantlar O‘zbekistonga yuborayotgan pul o‘tkazmalari mablag‘lar olingandan keyin qay tarzda qo‘shni mamlakatlarga yetkazilayotgani bo‘yicha aniq xulosalar hozircha yo‘q.


