1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

O‘zbekistonlik bokschi ozodlikdan mahrum qilindi

U aqidapalastlik g‘oyalariga yo‘g‘rilgan maʼlumotlarni tarqatganlikda ayblangan.

O‘zbekistonlik bokschi ozodlikdan mahrum qilindi

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudida JKning 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan sportchiga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

 

Sudlanuvchi boks va kikboks yo‘nalishlarida mahalliy va xalqaro musobaqalarda g‘oliblikka erishgan taniqli sportchi hisoblanadi.

 

Sportchining aytishicha, u ushbu musiqani eshitib qolgach, o‘zining mashg‘ulot jarayoniga o‘sha qo‘shiqni qo‘ygan va instagram sahifasiga joylagan.

 

«O‘tgan olti oyda ichimdan nima o‘tganini o‘zim bilaman... Yarim soat instagramda turgan narsa hayotimda ko‘rgan 21 yillik mehnatimni sindirib tashladi, 21 yilim uvol bo‘lib ketdi», — deydi sportchi.

 

Sudlanuvchi 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga shartli hukm qilinib, unga 2 yil sinov muddati belgilandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика