1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

O‘zbekistonlik bokschi World Boxing bo'yicha yilning eng yaxshi bokschisi bo'lishi mumkin

Nomzodlar ro‘yxatidan ikki nafar braziliyalik va bir nafar qozog‘istonlik bokschilar ham o‘rin olgan.

O‘zbekistonlik bokschi World Boxing bo'yicha yilning eng yaxshi bokschisi bo'lishi mumkin

 

World Boxing tashkiloti tomonidan boks bo‘yicha yilning eng yaxshilariga nomzodlar e’lon qilindi. Ushbu ro‘yxatdan O‘zbekiston vakillari — Javohir Ummataliev va Fazliddin Erkinboev ham joy oldi.

 

O‘zbekiston boks federatsiyasi xabariga ko‘ra, har ikki sportchi yil davomida xalqaro musobaqalardagi barqaror va yuqori natijalari sabab World Boxing talqinida yilning eng yaxshi bokschisi unvoniga munosib ko‘rilgan.

 

Nomzodlar ro‘yxatiga, shuningdek, braziliyalik bokschilar Luis Oliveyra va Yuri Falkao, shuningdek Qozog‘iston vakili Mahmud Sobirxon ham kiritilgan. Ushbu sportchilar yil davomida nufuzli turnirlarda yuqori natijalar qayd etgan.

 

Ma’lumot uchun, Javohir Ummataliev Dubay shahrida o‘tkazilgan erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Fazliddin Erkinboev ushbu musobaqada bronza medali sohibiga aylangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика