1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi 4 yilga sportdan chetlatildi

U antidoping qoidabuzarligini sodir etgan.

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi 4 yilga sportdan chetlatildi

O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Sardor Lapasov Butunjahon antidoping kodeksining 2.1-moddasida ko‘rsatilgan antidoping qoidabuzarligini sodir etganligi sababli 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilindi.

 

Qayd etilishicha, sportchidan musobaqa davrida olingan doping sinamasida sportda taqiqlangan “Klenbuterol” moddasi borligi aniqlangan. “Klenbuterol” moddasi 2024 yilgi taqiqlangan moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.

 

Maʼlumot uchun, diskvalifikatsiya jazo muddatini o‘tayotgan shaxs diskvalifikatsiya muddati tugaganga qadar xalqaro va milliy toifadagi musobaqalar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etishi taqiqlanadi. Agar yuqoridagi talablar bajarilmagan taqdirda ushbu shaxsga umrbod diskvalifikatsiya muddati qo‘llanilishi mumkin. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика