Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tayotgan Jahon fanlar akademiyasi (TWAS)ning navbatdagi Bosh konferensiyasida O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, professor Shahlo Turdiqulovaga akademik diplomi tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur konferensiya doirasida sog‘liqni saqlash, iqlim o‘zgarishi, barqaror rivojlanish va ilmiy innovatsiyalar kabi dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida professor Turdiqulova Jahon fanlar akademiyasi akademigi etib saylangan edi. Ushbu yutuq nafaqat shaxsiy mehnatning e’tirofi, balki o‘zbekistonlik olimalarning xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltiruvchi muhim voqea sifatida qayd etilmoqda.
Ma’lumot uchun, 1983-yilda tashkil etilgan TWAS dunyoning eng yirik ilmiy tuzilmalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda u 100 dan ortiq mamlakatdan 1 400 dan ziyod yetakchi olimni, jumladan, Nobel mukofoti sovrindorlarini ham o‘z safida birlashtirgan.


