1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonlik shifokor va hamshiralar Quvaytda ishlashi mumkin

Bu bo'yicha istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

O‘zbekistonlik shifokor va hamshiralar Quvaytda ishlashi mumkin

 

O‘zbekistondan malakali shifokor va hamshiralarni Quvaytga ishga jalb etish bo‘yicha onlayn muzokaralar o‘tkazildi. Mamlakat elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiya agentligi rahbariyati va Kuvaytning Neocare hospital va Kuwait organization for trainings kompaniyalari ta’sischisi, Adan Hospital shifoxonasi jarrohlar bo‘limi boshlig‘i Muhammad al-Kandari o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

 

Uchrashuvda Kuvayt tibbiyot muassasalaridagi bo‘sh ish o‘rinlariga O‘zbekistondan mutaxassislarni jalb etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

Muhammad al-Kandari mamlakat shifokor va hamshiralarining salohiyatini yuqori baholadi. Uning aytishicha, ingliz tilini yaxshi bilgan o‘zbekistonlik shifokorlar va hamshiralar uchun Quvayt shifoxonalarida ishlash imkoniyati mavjud. Onlayn muzokaralar yakunida tomonlar O‘zbekiston shifokor va hamshiralarini Quvaytdagi shifoxonalarda ishlash uchun yuborish to‘g‘risida bitim loyihasini ishlab chiqish va imzolashga kelishib oldi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика