1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonlik talabalarga Shinjon-Uyg‘ur universitetlarida o‘qish uchun stipendiyalar taqdim etiladi

Bu bo‘yicha tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishildi.

O‘zbekistonlik talabalarga Shinjon-Uyg‘ur universitetlarida o‘qish uchun stipendiyalar taqdim etiladi

 

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyati hukumati raisi Erkin Tuniyaz O‘zbekiston fuqarolariga Xitoy oliy taʼlim muassasalarida o‘qish uchun stipendiyalar taqdim etish to‘g‘risida kelishuvni imzoladilar.

 

Tomonlar oliy taʼlim muassasalari va ilmiy muassasalar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, taʼlim, ilmiy tadqiqotlar, texnologiya va menejment sohasida tajriba almashishni qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro tashriflar hamda o‘qituvchilar va ilmiy xodimlar almashinuvini amalga oshirishga kelishdilar. Shuningdek, qo‘shma tadqiqot guruhlarini yaratish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlarni olib borish ham kelishuvning uzviy qismi bo‘ldi.

 

Shartnomaga ko‘ra, Xitoy tomoni har yili noyabr oyining oxirigacha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Xitoyda tahsil olishi mumkin bo‘lgan oliy o‘quv yurtlari ro‘yxatini, shuningdek, stipendiya dasturlari shartlari va talablari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi esa Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uyg‘ur avtonom tumanidagi universitetlarda o‘qish uchun tavsiya etilgan talabalar ro‘yxatini taqdim etadi.

 

Chet el fuqarolari orasidan stipendiya egalari uchun o‘qish muddati milliy taʼlim tizimi talablariga muvofiq qabul qiluvchi tomon tomonidan belgilanadi. Xitoyda o‘qish uchun nomzodlar maʼlum darajadagi xitoy tilini bilishi talab etiladi. Zarur hollarda stipendiyaga tavsiya etilgan talabalar uchun til kurslarini tashkil qilinishi mumkinligi ham inobatga olingan.

 

Birlamchi kelishuvga ko‘ra, stipendiyalar o‘qish, to‘lovlar va turar joy, sug‘urta mukofotlari (shu jumladan, tibbiy sug‘urta) va yashash xarajatlarining bir qismini qoplashi nazarda tutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика