1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar Jahon chempionatida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi

Turkiyada bo'lib o'tgan musobaqada 33 davlatdan 314 nafar sportchi ishtirok etdi.

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar Jahon chempionatida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi

 

Turkiyaning Antaliya shahrida 16–21 dekabr kunlari 9–17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida rapid va blits yo‘nalishlarida Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada 33 davlatdan jami 314 nafar sportchi ishtirok etdi.

 

O‘zbekiston terma jamoasi 36 nafar shaxmatchi bilan qatnashib, ajoyib natija qayd etdi. Yakuniy hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi jami 12 ta medalni qo‘lga kiritdi: 5 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza.

 

Shu natija bilan O‘zbekiston umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni mezbon Turkiya terma jamoasi, kuchli uchlikni esa FIDE jamoasi band etdi. Qozog‘iston terma jamoasi 9 ta kumush va 4 ta bronza medal bilan jami 13 ta medal jamg‘arib, sakkizinchi o‘rinni egalladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика