1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonliklar bir kunda deyarli ikki mingtaga ko‘paymoqda

Aholi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 % ga oshgan.

O‘zbekistonliklar bir kunda deyarli ikki mingtaga ko‘paymoqda

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning 1 aprel holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 963 262 kishini tashkil etgan. Respublikamizning doimiy aholisi soni o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1 % ga oshgan.

 

Mamlakatimiz aholisi 2024-yil boshidan buyon 163,5 ming kishiga ko‘paygan. O‘zbekiston aholisi 2024-yilning har bir oyida o‘rtacha 54,5 ming kishiga oshgan.

 

2024-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda. Bu ko‘rsatkich avvalgi yillarga nisbatan kamaygan bo‘lib, 2022-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 2,1 ming kishiga ko‘paygani qayd etilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика