Koreyada vaqtincha ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizni ushbu davlatga nafaqat Ye-9 (noprofessional), balki Ye-8 (mavsumiy) hamda Ye-7 (professional) vizalari asosida yuboriladi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Koreya Respublikasi Adliya vazirligining immigratsiya departamenti rahbari Kim Jong Do boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi. Muloqotda Koreyada vaqtincha ishlash istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizni ushbu davlatga nafaqat Ye-9 (noprofessional), balki Ye-8 (mavsumiy) hamda Ye-7 (professional) vizalari asosida yuborish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi migratsiya jarayonlarini qonuniy va xavfsiz amalga oshirish, o‘zbekistonliklarning Koreyada noqonuniy mehnat faoliyatini olib borish holatlariga butkul barham berish yuzasidan kelishib olindi.