1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

O’zbekistonliklar ko’proq qaysi ijtimoiy tarmoqdan foydalanadi?

Messenjer va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari soni ma’lum qilindi.

O’zbekistonliklar ko’proq qaysi ijtimoiy tarmoqdan foydalanadi?


Bugun, 31-yanvar kuni Oliy Majlis Senatida Axborot siyosati va davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash masalalari qo‘mitasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. 

 

Yig‘ilishda butunjahon internet tarmog‘ida yoshlar va voyaga yetmaganlar uchun milliy kontentni rivojlantirish, ularning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati va zararli axborotdan himoya qilish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi masala dastlabki tarzda muhokama etilgan.

 

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra:

Telegram’da 18 million,
“Odnoklassniki”da 16,7 million,
Facebook’da 4,7 million,
Instagram’da 3,7 million,
“Vkontakte”da 2,6 million,
Linkedln’da 288 ming,
Twitter’da 51,6 ming nafar

o‘zbekistonlik foydalanuvchi mavjud bo‘lib, ularning ko‘pchiligini yoshlar tashkil qiladi.


2021-yilning dekabr holatiga ko‘ra, milliy domen makonidagi 289 ta veb-saytda pornografiya, 91 ta veb-saytda esa behayolik va ma’naviy buzuqlik targ‘ibotiga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan holat aniqlangan va 2097 ta qonunbuzarlik holati qayd etilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика