1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonliklar yildan-yilga qarz to‘lashdan bosh tortmoqda

Sudlar amaliyotida qarz undirish bilan bog‘liq ishlar soni yil sayin ortib borayotgani ma'lum qilindi.

O‘zbekistonliklar yildan-yilga qarz to‘lashdan bosh tortmoqda

 

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov sudlar amaliyotida qarz undirish bilan bog‘liq ishlar soni yil sayin ortib borayotganini aytib o‘tdi

 

Xususan, 2020-yilda fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan qarz undirish bilan bog‘liq jami 11 105 ta ish ko‘rilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2021-yilda 26 066 tani, 2022-yilda esa 29 796 tani tashkil etgan.

 

Fuqarolik kodeksining 732-moddasiga ko‘ra, qarz shartnomasi ham majburiyatning bir turi bo‘lib, fuqarolik muomalasida keng tarqalgan huquqiy institutlardan biri hisoblanadi.

 

Qarz shartnomasiga asosan bir taraf – qarz beruvchi ikkinchi taraf – qarz oluvchiga pul yoki ashyolarni mulk qilib beradi. Qarz oluvchi esa, qarz beruvchiga bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib, o‘shancha pulni yoki qarzga olingan ashyolarni qaytarib berish majburiyatini oladi.

 

Agar qarz shartnomasida qarz bo‘yicha foizlarni qarzning o‘zini qaytarish muddatidan oldin to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, bu majburiyat buzilgan taqdirda, qarz beruvchi qarz oluvchidan qarz summasini tegishli foizlari bilan birga muddatidan oldin qaytarishni talab qilishga haqli.

 

 Agar qarz shartnomasi:

 

  •  • aldash;
  •  • zo‘rlik ishlatish;
  •  • tahdid qilish;
  •  • qarz oluvchining vakili qarz beruvchi bilan yomon niyatda kelishishi;
  •  • yoki qiyin vaziyatlar taʼsirida tuzilgan hollarda taraflar yoki manfaatdor shaxslar, guvohlarning ko‘rsatmalari asosida haqiqiy holatni tasdiqlashi mumkin bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика