Prezident Shavkat Mirziyoyev 24-dekabr kuni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirishga oid loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
2022-yilda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar ulushi 60 foizga yetkazilishi belgilandi.
Taqdimotda bu boradagi yana bir qulaylik: fuqaro pasportining raqamli profili haqida maʼlumot berildi.
“Gov Pass” mobil ilovasi smartfonga o‘rnatiladi va unda pasport, diplom, mehnat daftarchasi, haydovchilik guvohnomasi kabi ko‘plab hujjatlar jamlanadi.
Qulayligi fuqaroning barcha hujjatlari doim yonida, telefonda bo‘ladi. Bu vaqt va pulni tejab, qog‘ozbozlikni kamaytirishga xizmat qiladi, ovoragarchiliklarni bartaraf etadi.
“Xavfsiz shahar” tizimi ijrosiga doir masalalarga ham alohida eʼtibor qaratildi. 2026 yilgacha bu tizimni to‘liq joriy etish vazifasi qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ijarada turuvchi talabalarni tizimli nazorat qiluvchi mobil ilova yaratilgani hamda “Saylov-2021” mobil ilovasi taqdimoti bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova


