1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonni o‘zingiz uchun kashf qiling — Boshqirdiston rahbari

Rossiyaning Boshqirdiston o‘lkasi rahbari Radiy Xabirov telegram kanalida O‘zbekistonning sayyohlar uchun jozibadorligi haqida post yozdi.

O‘zbekistonni o‘zingiz uchun kashf qiling — Boshqirdiston rahbari

 

"O‘zbekiston hayratlanarli darajada go‘zal. Bu yerda ko‘rish mumkin bo‘lgan narsa bor – Toshkentning poytaxt hayoti, sayyohlik durdonalari – Samarqand, Buxoro va Xiva, Farg‘ona vodiysi, xususan, Namangan, men hozir shu yerda investorlar bilan uchrashmoqdaman.

 

Masalan, birgina Namangan viloyatining o‘zida 27 ta tarixiy va muqaddas qadamjolar mavjud. Madrasalar, masjidlar, maqbaralar...

 

Bu yer, ayniqsa, bahor va kuzda meva-sabzavot mo‘l-ko‘l bo‘lgan davrda gullab-yashnayotgan unumdor zamin. Men Boshqirdistonlik sayyohlar O‘zbekistonni o‘zlari uchun kashf qilishlarini juda istardim.

 

Bugun Ufadan O‘zbekistonga ikkita reys amalga oshirilmoqda. Samolyotlar yakshanba kunlari Toshkentga va chorshanba kunlari Namanganga uchadi. Agar talab bo‘lsa, biz qo‘shimcha reyslarni ham ochamiz.

 

Darvoqe, biz o‘zbek birodarlarimiz bilan promoushn haqida kelishganimiz yo‘q. Shunchaki bu yurtning go‘zalliklari meni hayratga soldi", — deb yozadi Xabirov.

 

Maʼlumot uchun, so‘nggi yillarda O‘zbekiston va Boshqirdiston o‘rtasida aloqalar izchil rivojlanib kelmoqda. Ikki davlat hamkorligida bir necha investitsion loyihalar ishga tushirilgan. Ular orasida gaz quyish shoxobchalari, avtomobillar uchun gaz ballonlari ishlab chiqish korxonasi va boshqalar bor. Shuningdek, yog‘ochni qayta ishlash, turizm va boshqa sohalar ham bor.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика