1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O'zbekistonning 8 viloyatida 1 200 dan ortiq soxta haydovchilik guvohnomasi aniqlandi

Soxta guvohnoma olgan fuqarolarning 455 nafari jami 1 305 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgan.

O'zbekistonning 8 viloyatida 1 200 dan ortiq soxta haydovchilik guvohnomasi aniqlandi

 

Haydovchilik guvohnomalarini soxtalashtirish bilan bog‘liq holatlar yuzasidan Davlat xizmatlari markazi ayrim xodimlari va boshqa shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda ushbu ish doirasida Bosh prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

 

Tergov jarayonida Toshkent shahri hamda Surxondaryo, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida 1 200 nafardan ortiq fuqaroga soxta haydovchilik guvohnomalari rasmiylashtirib berilgani aniqlangan.

 

Berilgan soxta “prava”lar natijasida transport hodisalari ko‘payib, insonlar nogiron bo‘lib qolishi va hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘lmoqda. O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, soxta guvohnoma olgan fuqarolarning 455 nafari jami 1 305 marotaba yo‘l harakati qoidalarini buzgan. Shuningdek, 9 nafar shaxs yo‘l-transport hodisasi sodir etgan bo‘lib, oqibatda 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan, 3 nafar fuqaro esa vafot etgan.

 

Jinoyat ishining keng qamrovliligi va murakkabligini inobatga olib, Bosh prokuraturada maxsus tergov-tezkor guruhi tashkil etildi.

 

Hozirda soxta haydovchilik guvohnomalari hamda ularni rasmiylashtirishga asos bo‘lgan barcha hujjatlar to‘liq tekshirilmoqda, tergov harakatlari belgilangan tartibda davom ettirilmoqda.

 

Bosh prokuratura fuqarolarga haydovchilik guvohnomasini faqat qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirish zarurligini eslatadi. Soxta hujjatlardan foydalanish qonun bilan qat’iyan taqiqlanadi va belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика