O‘zgidromet joriy yilning 16–17-fevral kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar sababli tog‘ oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkinligini ma’lum qildi.
Xususan, xavf quyidagi viloyatlar va tumanlarni qamrab oladi:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor.
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot.
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon.
- Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana.
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod.
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq, shuningdek Angren va Olmaliq shaharlari.
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on.
- Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq.
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat va Xonabod shahri.
Fuqarolardan, dam oluvchilardan hamda tog‘li hududlarda harakatlanayotgan haydovchilardan tog‘li hududlarda yomg‘irlar va suv to‘planishi sababli yo‘l harakatida ehtiyot bo‘lish, zarur bo‘lsa, sayohat va dam olishni kechiktirish, sel va suv toshqinlari xavfi mavjud hududlarda xavfsiz masofani saqlash va favqulodda holatlarda Favqulodda Vaziyatlar vazirligining ko‘rsatmalariga amal qilish so‘raladi.
Favqulodda Vaziyatlar vazirligi ayrim hududlarda yomg‘ir suvlari to‘planishi natijasida suv bosish holatlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.


