Energetika vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Sirdaryo viloyatidagi 3 ta tumanning ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.
Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyatidagi 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan. Buning natijasida Guliston, Boyovut va Sayhunobod tumanlari iste’molchilari qisman elektr ta’mnotidan uzilgan.
Shuningdek, vazirlikning xabar berishicha, soat 17:25 da Toshkent shahridagi “Bibliotechnaya” podstansiyasida ham nosozlik yuzaga kelgan. Buning natijasida Olmazor tumani iste’molchilari (jami 930 ta) qisman elektr ta’mnotidan uzilgan.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ xabariga ko'ra, ob-havoning keskin isishi natijasida elektr energiyasida yuqori iste’mol kuzatilayotganligi sababli elektr uzatish liniyalari, podstansiyalar hamda taqsimlash qurilmalarida vujudga kelishi mumkin bо‘lgan yirik avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida Toshkent shahrining ayrim hududlarida vaqtinchalik cheklovlar kiritilmoqda.
Jumladan, poytaxtning Yashnobod, Olmazor, Mirobod, Yakkasaroy, Shayxontohur, Chilonzor va Sergeli tumanlarining ayrim ko‘chalarida cheklovlar joriy etilgan.


