1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni maʼlum qilindi

Xususan, shahar joylarda – 17,7 mln kishi, qishloq joylarda – 17,2 mln kishi istiqomat qiladi.

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni maʼlum qilindi

 

 

O‘zbekistonda olti oy davomida aholi soni qanchaga ko‘paygani maʼlum bo‘ldi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi xabar qildi

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 iyul holatiga respublikaning doimiy aholisi 34 860 170 kishini tashkil etmoqda.

Xususan, shahar joylarda – 17,7 mln kishi, qishloq joylarda – 17,2 mln kishi istiqomat qiladi.

2021 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi 34 million 558,9 ming kishini tashkil etgan.

1 aprel holatiga ko‘ra esa, O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 34 695 600 kishini tashkil etdi. Aholi soni yil boshidan buyon 136 700 kishiga yoki 0,4 foizga ko‘paygan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика