1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdosi holati qanday?

Mintaqa davlatlarining Respublika tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 11.8 foizni tashkil etdi.

O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdosi holati qanday?

 

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida Markaziy Osiyo davlatlari bilan 1.5 milliard dollarlik savdo qilgan.

 

Bunda eksport 549.5 million, import 998.2 million dollarni tashkil etgan.

 

Eng yuqori ko‘rsatkich Qozog‘iston bilan qayd etilgan – 992.8 million dollar. O‘zbekistonning eksporti 231 million, importi esa 761.8 million dollarni tashkil etgan. Qirg‘iziston bilan 226.4 million dollarlik (eksport 183.1 million, import 43.3 million dollar) savdo qilingan.

 

O‘tgan uch oyda Tojikistonga 103.4 million dollarlik eksport amalga oshirilgan bo‘lsa, import 38.3 million  dollarga teng bo‘lgan.  Turkmaniston bilan savdo aylanmasi 186.8 million dollarga yetdi. (32 million dollar eksport, 154.8 million dollar import).

 

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida mintaqa davlatlari ulushi 11.8 foizni tashkil etgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика