1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonning “Mirzo Ulug‘bek” sun’iy yo‘ldoshi 2028-yilda uchirilishi mumkin

Shavkat Mirziyoyev birinchi milliy kosmonavtni tayyorlash va ilmiy sun’iy yo‘ldosh yaratish rejalari bilan tanishdi.

O‘zbekistonning “Mirzo Ulug‘bek” sun’iy yo‘ldoshi 2028-yilda uchirilishi mumkin

 

 


Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning kosmik dasturlari, jumladan sun’iy yo‘ldosh uchirish va birinchi milliy kosmonavtni tayyorlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Taqdimotda ta’kidlanishicha, bugungi kunda global raqobatda iqtisodiy qudrat tabiiy resurslar emas, balki intellektual salohiyat va ilg‘or texnologiyalar bilan belgilanmoqda. Shu bois kosmik texnologiyalar strategik yo‘nalish sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kosmik monitoring tizimi yo‘lga qo‘yildi va masofadan zondlash ma’lumotlariga bo‘lgan talab uch barobarga oshdi. Hozirda ushbu ma’lumotlardan 10 dan ortiq davlat idoralari hamda barcha hududiy hokimliklar foydalanmoqda.

 

Taqdimot davomida 2028-yilda “Mirzo Ulug‘bek” nomli 6U formatdagi birinchi milliy ilmiy sun’iy yo‘ldoshni uchirish taklif qilindi. Mazkur loyiha doirasida muhandislik jamoasini shakllantirish, mutaxassislarni tayyorlash hamda sun’iy yo‘ldoshlarni boshqarish va ma’lumotlarni qayta ishlash infratuzilmasini yaratish rejalashtirilgan.

 

Shuningdek, davlat rahbari tashabbusi bilan birinchi o‘zbek kosmonavtini tayyorlash strategik vazifa sifatida belgilandi. Milliy kosmonavtning qisqa muddatli — 10–14 kunlik parvozini amalga oshirish hamda bu borada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda.

 

Prezidentning ta’kidlashicha, bu tashabbuslar mamlakatning ilmiy salohiyatini oshirish, yangi texnologiyalarni rivojlantirish va yoshlarning fan hamda innovatsiyalarga qiziqishini kuchaytirishga xizmat qiladi.

 

Bundan tashqari, 2028-yilda Samarqand shahrida kosmosga bag‘ishlangan xalqaro kongress o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Unda AQSh, Yevropa Ittifoqi, Xitoy"], va kabi davlatlarning yetakchi kosmik tashkilotlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика