1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi

Migratsiya reydlari fonida elchixona rasmiy bayonot berdi.

O‘zbekistonning Misrdagi elchixonasi o‘zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi

 

Misrda migratsiya nazorati kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi elchixonasi u yerda istiqomat qilayotgan vatandoshlariga rasmiy murojaat bilan chiqdi.

 

Diplomatik vakolatxona maʼlumotiga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda O‘zbekiston fuqarolarining mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ushlab turilishi yuzasidan murojaatlar soni oshgan. Mazkur holatlar bo‘yicha Misrning tegishli idoralari bilan doimiy muloqot olib borilmoqda.

 

Elchixona qayd etishicha, Qohira shahri hamda boshqa yirik aholi punktlarida xorijiy fuqarolarning immigratsiya qonunchiligi va jamoat tartibiga rioya etishi ustidan nazorat kuchaytirilgan. Amaldagi hujjatlarga ega bo‘lmagan, mamlakatda noqonuniy bo‘lib turgan yoki jamoat tartibini buzgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy choralar, jumladan, deportatsiya qo‘llanilishi mumkin.

 

Salbiy holatlarning oldini olish maqsadida elchixona Misrda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga mahalliy qonunchilik talablariga qatʼiy amal qilish, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni doimo o‘zida olib yurish, amal qilayotgan viza yoki vaqtinchalik/doimiy yashash ruxsatnomasiga ega bo‘lish, tegishli ruxsatsiz mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmaslik hamda viza va yashash hujjatlarini belgilangan muddatlarda yangilab borishni tavsiya etdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика