1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

O‘zbekistonning qator hududlarini yana sel bosishi mumkin

«O‘zgidromet» shoshilinch axborot eʼlon qildi.

O‘zbekistonning qator hududlarini yana sel bosishi mumkin

 

Unga ko‘ra, 13–14 may kunlari respublikamizning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Baʼzi joylarda yomg‘ir kuchayib, momaqaldiroq bo‘ladi vp do‘l yog‘ishi mumkin

 

Kutilayotgan kuchli yomg‘irlar sabab tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelish ehtimoli yuqori.

 

  • Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor, Koson tumanlarida;

  • Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot tumanlarida;

  • Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;

  • Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;

  • Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;

  • Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori-Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;

  • Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;

  • Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;

  • Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduk, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida.

 

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari so‘raladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика