Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-iyul holatiga O‘zbekiston Respublikasining rasmiy xalqaro zaxiralari 48 milliard 549,7 million AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich may oyiga nisbatan 1 milliard 115 million dollarga kamaygan.
Xususan, zaxiralarning xorijiy valyutadagi qismi 9,6 milliard dollarni, oltin zaxiralari qiymati esa 38 milliard 417,8 million dollarni tashkil qilmoqda.
Shuni ta’kidlash joizki, oltinning fizik hajmi biroz oshgan: iyun oyida 0,3 million troy untsiyaga ko‘payib, jami 11,7 million troy untsiyani tashkil etdi.
Mazkur o‘zgarishlar global oltin narxlari dinamikasi va valyuta bozorlari ta’sirida shakllanmoqda.


