1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zbekistonning Rossiyadan gaz importi uchun barcha infratuzilmasi tayyor

Bu haqda O‘zbekiston energetika vazirligi xodimi ma'lum qildi.

O‘zbekistonning Rossiyadan gaz importi uchun barcha infratuzilmasi tayyor

 

"Biz 1 oktabrdan Rossiya gazini qabul qilishga tayyormiz. Gaz quvurlarimiz yuqori bosimli gazni qabul qilishga moslashtirilgan", – deya O‘zbekiston energetika vazirligi vakilining gaplaridan iqtibos keltirdi "RIA Novosti" nashri.

 

Joriy yil 16 iyun kuni O‘zbekiston hukumati va "Gazprom" Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida tabiiy gaz importi bo‘yicha shartnoma imzolagan va keyinroq O‘zbekiston tomoni kelishuv ikki yilga tuzilgani hamda yetkazib berish 1 oktabrdan boshlanishi rejalashtirilgani haqida ma’lum qilgan edi. Kelishuvga ko‘ra, xarid hajmi yiliga qariyb 2,8 milliard kub metrni tashkil qilishi kerak.

 

Rus nashri, shuningdek, O‘zbekistondagi neft-gaz korxonalari quvvati haqida ayrim raqamlarni keltirmoqda.

 

Jumladan, qayd etilishicha, hozirda mazkur korxonalarda yiliga qariyb 70 milliard kub metr tabiiy gaz va 8 million tonna suyuq uglevodorod qazib olish imkoni bor. Ammo zahiralarning tugashi va texnologik yo‘qotishlar tufayli so‘nggi 15 yil ichida uglevodorod qazib olish sezilarli darajada kamaygan. Masalan, 2022 yil yakuniga ko‘ra, respublikada tabiiy gaz qazib olish 2021 yilga nisbatan 4 foizga kamayib, 51,665 milliard kub metrni tashkil qilgan bo‘lsa, neft qazib olish 2023 yilning yanvar-iyun oylarida 9,6 foizga kamaygan va 23,565 milliard kub metrni tashkil etgan.

 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya gazi Qozog‘iston orqali o‘tadigan "Markaziy Osiyo – Markaz" gaz quvuri orqali O‘zbekistonga yetkazib beriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика