1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi sayti kiberhujumga uchradi

Xakerlar Ukrainadagi holat aks etgan foto va videolarni joylashtirib, hammani namoyishga chaqirgan.

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi sayti kiberhujumga uchradi

 

Bugun tongda u yerda elchixona maʼlumotlari emas "Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirgani" to‘g‘risidagi propaganda maʼlumotlar joylashtirilgan. Xakerlar u yerga portlatilgan harbiy texnika, Ukraina shaharlariga “hujum” foto va videolarini joylashtirib, hammani namoyishga chiqishga chaqirgan.

 

Shu kunlarda O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi 1,5 mingga yaqin fuqarolarni Ukrainadan favqulodda evakuatsiya qilish bilan faol shug‘ullanib kelmoqda.

O‘zbekiston fuqarolari tashkillashtirilgan tartibda Ukrainaning Lvov shahri orqali dastlab Polshaga, undan so‘ng O‘zbekistonga maxsus parvozlar orqali olib chiqilmoqda.

Elchixona sahifasida ushbu tashkiliy ishlarni muvofiqlashtirishga doir axborotlar muntazam joylashtirib kelinayotgan edi.

 

Maʼlumot uchun: bir necha kun oldin Anonymous guruhi xakerlari Rossiyaga nisbatan kiberurush eʼlon qilishgan edi. Shundan so‘ng ular Rossining bir necha yirik OAVlari saytlari hamda Davlat xizmatlari portaliga kiberhujum uyushtirishdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика