1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi o‘zgardi

Mamlakatning Avstriyadagi favqulodda va muxtor elchisi o‘rindoshlik asosida Vengriyadagi elchi bo‘ldi.

O‘zbekistonning Vengriyadagi elchisi o‘zgardi

 

O‘zbekistonning Avstriyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Abat Fayzullayev o‘rindoshlik asosida O‘zbekistonning Vengriyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlandi.

 

Yangi elchi 1983-yilda Nukus shahrida tug‘ilgan. U 2000-2007 yillar Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining xalqaro munosabatlar fakultetida bakalavriat va magistratura dasturlari bo‘yicha tahsil olgan, 2009 yil esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining «Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» mutaxassisligi bo‘yicha sirtqi bo‘limini tugatgan. Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasida turli lavozimlarda ishlagan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bayden AQSHning O‘zbekistondagi yangi elchisi nomzodini maʼlum qilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика