1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi Akbar Sultonov ishdan olindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev poyabzal sanoatida raqobatbardoshlik yetishmasligi va innovatsiya pastligini tanqid qildi.

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi Akbar Sultonov ishdan olindi

13-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha yig‘ilishda poyabzal ishlab chiqarish sanoati bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.

 

Yig‘ilishda poyabzal ishlab chiqarishda moda va dizayn tez o‘zgargani, korxonalar hozirdan zamon talabiga mos ishlamasa, nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham raqobat qila olmasligi ta’kidlandi.

 

Shu bilan birga, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi rahbariyati sohaga yangilik olib kirmagani va ishlab chiqarishni samarali tashkil etmaganligi tanqid qilindi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, poyabzal ishlab chiqaradigan 972 ta korxonadan 378 tasi faoliyatini to‘xtatgan, yana 120 tasi quvvatini yarmidan ham kam ishlatmoqda. Qolip, bog‘ich va furnitura bo‘yicha hali ham importga bog‘liqlik mavjud.

 

Natijada, o‘tgan yili eksport bo‘yicha va’da qilingan 250 million dollar mablag‘ning 40 foizi ta’minlanmagan, uyushmaning joriy yilgi ishlab chiqarish va eksport rejasi ham qoniqarsiz deb topildi.

 

Shu munosabat bilan Prezident “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi A.Sultonovni lavozimidan ozod etishga ko‘rsatma berdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика