1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“O‘zekspomarkaz”da restoran va mehmonxonalar biznesi uchun ko‘rgazmalar namoyishi start oldi

Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Belarus, Italiya, Indoneziya va boshqa 12 mamlakatdan 200 dan ziyod kompaniyalar ishtirok etmoqda.

“O‘zekspomarkaz”da restoran va mehmonxonalar biznesi uchun ko‘rgazmalar namoyishi start oldi

Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Belarus, Italiya, Indoneziya va yana 12 mamlakatdan 200 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etmoqda. 21–23-oktyabr kunlari “O‘zekspomarkaz”da “O‘zEnergyExpo–2025” va “O‘zStroyExpo–2025” xalqaro ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tmoqda.

 

 

Mazkur ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Mehmonxonachilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, “HoReCa Expo Uzbekistan 2025” — xalqaro mehmondo‘stlik va restoran sanoati uchun o‘tkazilayotgan ko‘rgazma hisoblanadi.

 

 

“HoReCa Expo Uzbekistan 2025” xalqaro ko‘rgazmasida xorijiy va milliy brendlar o‘rin olgan. 21-oktyabr kuni ko‘rgazmaning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Shveysariya davlati ko‘magida tashkil etilgan bo‘lib, uning maqsadi — O‘zbekistonda joylashgan restoranlarda xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash va qulay sharoitlar yaratishdan iborat.

 

 

Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar O‘zbekistondagi mehmonxonalarda Germaniya, Gruziya kabi davlatlar mahsulotlari ham taqdim etilganini ma’lum qildi. Shuningdek, tadbir doirasida “Raqamlashtirish”, “Servis”, “Gastronomik tendensiyalar”, “Barqaror rivojlanish” va “Kadrlar salohiyati” kabi mavzularda sessiyalar o‘tkazildi. Ular davomida sanoat tendensiyalari, texnologiyalar va biznes strategiyalari bo‘yicha fikr almashildi.

 

 

Ochilish marosimidan so‘ng ko‘rgazma ishtirokchilari restoran va mehmonxonalar biznesi uchun o‘z mahsulotlarini xorijiy va mahalliy mehmonlarga taqdim etdi. Tadbir mehmonxona va oziq-ovqat sanoati mutaxassislarini birlashtirdi.

 

Ko‘rgazmada mehmonxonalar uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiluvchi mahsulotlar, jumladan, “Dafna” mebellari, “Hotellier Hotel Collection” — mehmonxona kiyimlari, “Linen Home” kompaniyasining O‘zbekiston paxtasi va Xitoy materiallaridan hamkorlikda ishlab chiqilgan vanna xalatlari, ferma logotipi tushirilgan sovunlar va boshqa mahsulotlar namoyish etildi.

 

“O‘zEnergyExpo–2025” ko‘rgazmasida energetika sohasidagi innovatsiyalar, alternativ energiya manbalari, elektr texnikasi va avtomatlashtirish ishlanmalari taqdim etilmoqda. Shu bilan birga, “O‘zStroyExpo–2025”da qurilish texnologiyalari va materiallar sohasidagi yutuqlar, maxsus texnika hamda muhandislik kommunikatsiyalari namoyish etildi.

 

Ko‘rgazma tashkilotchisi — “International Expo Group” kompaniyasi. Mehmonxona va umumiy ovqatlanish sanoatiga bag‘ishlangan “HoReCa Expo Uzbekistan 2025” xalqaro ko‘rgazmasi mehmondo‘stlik ta’minot zanjiri bo‘ylab sayyohlik mutaxassislarini birlashtirdi.

 

Mazkur ko‘rgazma 23-oktyabrgacha davom etadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика