1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

O‘zga sayyoraliklar bor...(mi?)

AQSH Federal qidiruv byurosi arxivlaridan misli ko‘rilmagan hujjatlar chiqdi.

O‘zga sayyoraliklar bor...(mi?)

 

The Sun nashri AQSH Federal qidiruv byurosi 1940 yillarda yuzlab nomaʼlum uchar jismlar kuzatuvi yuzasidan tekshiruv o‘tkazganini maʼlum qildi.

 

Nashr jurnalistlari FQB arxivlarida tadqiqot o‘tkazgan va “sirli kemalar” va g‘alati obyektlar to‘g‘risida 1940 yillarda o‘tkazilgan ko‘plab surishtiruvlarga duch kelishgan.

 

“Hujjatlarda gipertovushli tezlikda harakatlangan nomaʼlum uchar jismlar haqida va hattoki ularning qulab tushishi to‘g‘risida maʼlumotlar uchraydi”, ––deyiladi xabarda.

 

Xususan, Nyu-Meksikadagi Rozuella aerodromida shu kabi uchar jismlar halokati to‘g‘risida hujjatlar aniqlangan. Unda FQB agenti, Gay Xottel Nyu-Meksikada uchta uchar likopchalar aniqlanganini yozgan. Kemalar dumaloq shaklda, o‘rtasi ko‘tarilgan, 15 metr diametrli deb tasvirlangan. Agent har bir likopchada odam ko‘rinishida, ammo bo‘yi 3 fut (taxminan 91 sm) bo‘lgan tanalar aniqlangan.

 

Avvalroq kosmos haqida qiziqarli faktlar haqida eʼlon qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика