1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Lifestyle

"O'zgidromet" 2-noyabr uchun ob-havo prognozini e'lon qildi

Ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo'lishi mumkin.

"O'zgidromet" 2-noyabr uchun ob-havo prognozini e'lon qildi

 

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 metr sekund tezlikda esadi, 12-15 metr sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 11-13 daraja iliq bo‘ladi.

 

Qoraqalpog'iston va Xorazm viloyatida havo o’zgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 3-8 metr sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo’ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o’zgarib turadi, kechasi va ertalab ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3-8 metr sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo’ladi.

 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o’zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 8-13, kunduzi 10-15 daraja iliq bo’ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o’zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 3-8 metr sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 10-15, kunduzi 14-19 daraja iliq bo’ladi.

 

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o’zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 metr sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi 8-13, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

 

Respublikaning tog'li hududlarida havo o’zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba'zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr sekundgacha kuchayadi. Harorat kechasi va kunduzi 2-7 daraja iliq bo’ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика