1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zgidromet kuchli shamollar haqida ogohlantirdi

Ayrim viloyatlarda shamol tezligi 18 m/s gacha kuchayadi.

O‘zgidromet kuchli shamollar haqida ogohlantirdi

 

O‘zgidromet 21-yanvar kuni respublika hududida ob-havo sharoiti o‘zgarishi va ayrim hududlarda kuchli shamollar kuzatilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, kunduzi O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi joylarda esa yog‘ingarchilik qorga aylanishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim hududlarda tuman tushishi ehtimoli mavjud.

 

Shamolning o‘rtacha tezligi 7–12 m/s bo‘lib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

 

Havo harorati kunduzi respublika bo‘yicha 5–10 daraja iliq, mamlakatning shimoliy hududlarida esa 0–5 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

 

Toshkent shahrida kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechqurun qisqa muddatli yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Shamol tezligi 3–8 m/s, havo harorati 7–9 daraja iliq bo‘ladi.

 

Tog‘li hududlarda ayrim joylarda qor yog‘ishi va tuman tushishi ehtimoli bor. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib qolmoqda, yo‘llarning ayrim qismlarida yaxmalak kuzatilishi mumkin. Ushbu hududlarda shamol tezligi 9–14 m/s ni tashkil etadi.

 

O‘zgidromet fuqarolarni ehtiyotkor bo‘lishga, ayniqsa kuchli shamol hamda tog‘li hududlardagi xavfli holatlarni inobatga olishga chaqirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика