1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“O‘zgidromet” xususiy datchiklar bo‘yicha ogohlantirdi

“O‘zgidromet” xususiy havo sifati sensorlarining noto‘g‘ri joylashtirilishi sababli ko‘rsatkichlarda xatoliklar paydo bo‘layotganini ma’lum qildi.

“O‘zgidromet” xususiy datchiklar bo‘yicha ogohlantirdi

 

“O‘zgidromet” mutaxassislari rasmiy va xususiy havo sifati datchiklari ma’lumotlari o‘rtasida kuzatilayotgan sezilarli tafovutlar sabablarini tushuntirdi.

 

Ta’kidlanishicha, ko‘plab kompaniyalar va fuqarolar tomonidan o‘rnatilgan xususiy o‘lchov uskunalari amaldagi standart va texnik talablarga muvofiq joylashtirilmagan. Natijada, ulardan olinayotgan ko‘rsatkichlar noto‘g‘ri bo‘lishi, atmosferaning real holati haqida obyektiv tasavvur shakllantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

 

Aholiga taqdim etilayotgan ma’lumotlar sifati pasayib ketayotganini inobatga olgan holda, sensor egalariga uskunalarni to‘g‘ri joylashtirish va ishlatish borasida zarur tavsiyalar berildi.

 

Shu munosabat bilan, datchik o‘rnatishni rejalashtirayotganlar yoki o‘rnatish qoidalarini batafsil o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etiladi.

 

Tadbir davomida agentlik xodimlari barcha savollarga atroflicha javob beradi.

 

Shuningdek, e’tiborga molikki, rasmiy “Air Tashkent” tizimi faqat “O‘zgidromet”ning sertifikatlangan stansiyalari ma’lumotlari asosida ishlaydi. Shu sababli, ushbu ko‘rsatkichlar xalqaro IQAir kabi xususiy platformalar taqdim etadigan natijalardan farq qilishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика