
Joriy yilning 21 iyul kuni soat 18.00 larda Qo‘ng‘irot tumani “Tarakli” mahallasi hududidan o‘tuvchi temir yo‘l ko‘prigi ustida Qo‘ng‘irot tumani Nurmuxammedov ko‘chasida yashovchi 2003 yilda tug‘ilgan K.A. ismli voyaga yetmagan shaxs o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan. Bu haqida IIV HPBB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum bo‘lishicha, voyaga yetmagan shaxs o‘zini ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘layotgan paytda shu hududga biriktirilgan profilaktika inspektori leytenant I.Jamalov tomonidan qutqarib qolingan va psixiatr ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazilib, ota-onasiga topshirildi.
Hozirgi paytda surishtiruv ishlari davom etmoqda.


